Dubayda oy shaklida ulkan bino quriladi

0

Noyob me'moriy yechimlari bilan mashhur Dubay shahrida Oyning ulkan nusxasi quriladi. Sun'iy yo'ldosh nusxasida muhtasham mehmonxona, sport saroyi va boshqa ko'p narsalar joylashadi, deya xabar beradi AP News.

Kanadalik tadbirkor, Moon World Resorts Inc. arxitektura kompaniyasi asoschilaridan biri Maykl Xenderson oyning 274 metrli nusxasini yaratishni taklif etyapti. U 30 metrli binoning tepasiga o'rnatiladi. Loyiha qiymati 5 milliard dollardan oshadi.

Xenderson tomonidan taklif qilingan loyiha «Oy» deb nomlanadi.

Sharsimon inshoot ichida 4000 xonali mehmonxona va dam olish maskani, 10 ming kishini sig'dira oladigan sport saroyi hamda mehmonlar oyda sayr qilishlari mumkin bo'lgan «oy koloniyasi» bo'ladi.

30 metrlik poydevor ustidagi «Oy» tunda porlaydi.

«Oy» dunyodagi eng baland bino – 828 metr balandlikda Dubayda joylashgan Burj Xalifa osmono'par binosiga juda mos keladi.