Qushlarni tomosha qilish, shuningdek, ularning qo'shiq aytishi inson ruhiy salomatligiga foydali ta'sir ko'rsatadi. Inson uchun yaxshi his-tuyg'ularning eng tezkor «manbai» qushlardir. Ular deyarli hamma joyda topiladi va ularning qo'shiqlarini eshitish uchun har qanday bog'ga kelish kifoya. Ammo quloqchinlar orqali qushlarning qo'shiqlarini tinglasangiz ham, bu salbiy his-tuyg'ularning namoyon bo'lishini kamaytirishi mumkin.
Qushlarning qo'shig'ining qisqa (olti daqiqa) audio kliplarini tinglash sog'lom odamlarda ruhiy tushkunlik, tashvish, paranoyya darajasini pasaytiradi.