Agar uzoq vaqt ovqatlanmasangiz nima bo'ladi?

0

Tana yetarli oziq-ovqat yo'qligini anglab yetgach, imkon qadar uzoq davom etishi uchun metabolizmni qayta tashkil qiladi.

1 kun
Birinchidan, organizm oziq-ovqatdan olingan hamda jigar va mushaklarda glikogen sifatida saqlanadigan glyukoza zahiralarini ishlatadi.

3 kun
2-3 kundan so'ng tana yog'larni parchalashni boshlaydi, shuning uchun yog' kislotalari yoqilg'ining asosiy manbai bo'ladi.

7 kun
Keyingi bosqichgacha necha kun o'tadi, aytish qiyin. Bu yog' to'qimalarining miqdoriga bog'liq: u tugagach, tana energiya olish uchun oqsillarni parchalashni boshlaydi.

Uzoq muddatli ochlik tufayli quyidagilar sodir bo'lishi mumkin:

▪️ bosh og'rig'i;
▪️ letargiya;
▪️ asabiylashish;
▪️ ich qotishi.