2100 yilga kelib milliardlab odamlar hayot uchun xavfli jaziramaga duchor bo'lishadi

0

Olimlarning qayd etishicha, Hindiston kabi ayrim davlatlar allaqachon antropogen (insoniyat qo'li bilan yaratilgan) iqlim isishi oqibatlaridan jabr chekilmoqda. Hattoki quyosh urishi sababli o'limlar soni ham ko'paymoqda. Bu effekt tobora kengayishi bilan yanada ko'proq insonlar o'z yashab turgan joylarini tashlab, salqinroq davlatlarga ko'chib o'tishga majbur bo'lishadi.

Ekspertlarga ko'ra, Hindiston ortidan yaqin kelajakda Nigeriya, Indoneziya, Filippin va Pokistonda muammolar kuzatila boshlaydi.