1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Aynan mana shu sanada butun dunyo bolalari eng beg'ubor va quvonchli bayramni nishonlashadi.
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo'limlari tomonidan sana munosabati jajji bolajonlarni bayram bilan qutlash maqsadida yo'qlovlar tashkil etilmoqda.
Byuroning Namangan shahar bo'limi davlat ijrochilari oilalarga tashrif buyurib, kamolga yetayotgan shirindan-shakar bolajonlarga bayram sovg'alari, yumshoq o'yinchoqlar taqdim etishmoqda.
-Men Namangan shahridagi “Dashtbog'” mahalla fuqarolar yig'inida istiqot qilaman, deydi Aziza Murodbekova. Turli sabab bilan turmush o'rtog'im bilan ajrashib ketganman. Sud qaroriga asosan 1 nafar farzandimga aliment undirish belgilangan. Xududga biriktirilgan davlat ijrochi oyma-oy farzandim moddiy ta'minoti uchun mablag'ni undirib berishyapti. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan farzandimga o'yinchoqlar tuhfa etishgani ko'nglimizni yanada tog'dek ko'tardi.
Aynan shu mahallada istiqomat qiluvchi Dilfuza Jabborova yolg'iz o'zi 2 nafar farzandni voyaga yetkazmoqda. Bayram munosabati bilan mazkur oila yo'qlanib, kichkintoylarga to'p va o'yinchoq tortiq qilindi.
Byuroning Yangi Namangan tuman bo'limi tomonidan sana munosabati bilan o'zgacha tadbir tashkil etildi. Ya'ni, bo'limga tashrif buyurgan oilalarni farzandlariga bayram sovg'alari topshirildi.
Albatta farzand hayotimiz mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o'z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo'lgan qiziqishni uyg'otadi. Bugungi Byuroning Yangi Namangan tumaniga ijro hujjati yuzasidan murojaat qilgani kelgan fuqarolarni farzandlariga alohida e'tibor qaratilgani ularni bexad xursand qildi.
Bu kabi tadbirlar davom ettirilmoqda.