Endi Qozog'istonda Onalar kuni va Otalar kuni bayram sifatida nishonlanadi

0

Qozog'iston Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan mamlakat miqyosida Onalar kuni va Otalar kuni nishonlanadi.

Qozog'istonda bayramlar taqvimini tasdiqlash to'g'risidagi qarorga yangi bayramlar to'g'risidagi qo'shimcha kiritildi. Hujjatni bosh vazir Alixan Smailov imzolagan.

«Oilaviy qadriyatlarni targ'ib qilish, oila va ta'lim institutini mustahkamlash maqsadida dunyoning ko'plab mamlakatlarida nishonlanadigan ’Onalar kuni‘ va ’Otalar kuni‘ rasmiy bayramlari mamlakatimizda ham tasdiqlandi», — deyiladi xabarda.

Qozog'istonliklar Otalar kunini esa iyun oyining uchinchi yakshanbasida, Onalar kunini may oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlaydilar.