Katta Farg'ona kanaliga cho'kib ketgan bolaning jasadi 9 kun o'tib topildi

0

Joriy yilning 25 may kuni Katta Farg'ona kanalida maktab bitiruvchisi oqib ketgani haqida xabar berilgandi.Uning jasadi 3 iyun kuni topildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma'lum qildi.

Xabarda aytilio'icha, bolaning jasadi kecha, 3 iyun kuni soat 18:20da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi g'avvos-qutqaruvchilari tomonidan Oltiariq tumani Tinchlik shaharchasidan oqib o'tuvchi janubiy Katta Farg'ona kanalidan topilgan.

25 may kuni Qo'shtepa tumanidagi maktablarning biridagi bitiruvchilar “Paxtakor” mahallasi hududidan oqib o'tadigan Katta Farg'ona kanaliga cho'milish maqsadida borgan. Ulardan biri esa cho'milish vaqtida suvdan qaytib chiqmagan.