Joriy yil 3 iyun kuni Toshkent viloyatining Yangiyo'l shahridan oqib o'tuvchi Jo'nariq kanalida cho'milmoqchi bo'lgan 16 yoshli M.I. cho'kib ketib halok bo'lgan.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev bolani qidirish ishlari olib borilayotganini ma'lum qilgan edi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun, 5 iyun kuni 16 yoshli marhumning jasadi topilgan.