Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 27 yoshli kelinning jasadi topildi.
Ma'lum qilinishicha, Koson tumani «Beshqo'tan» mahallasida yashagan 1996 yilda tug'ilgan ayol 2 iyun kuni soat 1:30 larda yashash uyi molxonasidagi yog'ochga arqon ip bilan o'zini osib o'ldirgan. Ayol bilan birga yashagan erining qarindoshlari u ruhiyatida o'zgarish bo'lgani sababli joniga qasd qilganini aytgan bo'lsa, uning yaqinlari esa ayol eri tomonidan o'ldirilgan degan gumonga bormoqda.
«Bir kuni kelganida, onajon, kuyovingiz meni o'ldiraman, deb aytdi. Kuyovingiz juda maydagap, dedi. Bolamga ishonmabman. Kuyovim qizim o'zini osmoqchi bo'lgan ekan deb aytdi. Qizimdan so'rasam, kuyovim aldayotganini aytdi. Qizimni vahshiylarcha o'ldirgan, o'ligini tahqirlagan. Hamma yerini ko'rsangiz, kallalari ishib, lablari ishib ketgan. Qizim bo'g'ib, vahshiylarcha o'ldirilgan. Biz 3:30 da xabar topdik», deydi marhumaning onasi.
Marhumaning jasadini ko'rgan guvohning aytishicha, ayolning tanasida ko'plab tan jarohatlari bo'lgan.
Tuman prokuraturasi hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etayotganini ma'lum qilgan. Marhumaning o'limi yuzasidan sud tibiiy ekpertizasi tayinlangan.