Murodjon Ahmadaliyev Tapalesga qarshi revansh jangida ishtirok etmaydi, unga boshqa raqib berilgan

0

O'zbekistonlik bokschi Marlon Tapalesga qarshi jangda kamarlarini boy bergach, Ahmadaliyevning vakillari VBA'dan revansh jangini so'ragandi. Tapales jamoasi esa 25 iyul kuni VBS va VBO kamarlari uchun bo'lib o'tadigan Naoya Inoue hamda Stiven Fulton jangi g'olibiga qarshi ringga chiqish uchun ruxsat so'ragan.

VBA Ahamadaliyev promouterlarining so'rovini rad etgan va Tomoki Kamedaga qarshi jang o'tkazish vazifasini qo'ygan. Ushbu jang Eliminator maqomiga ega bo'lib, uning g'olibi VBA kamariga majburiy da'vogarga aylanadi.

Tashkilot o'z navbatida Tapalesning so'rovini qabul qilgan va unga keyingi da'vogarni erkin tanlash imkoniyatini taqdim etgan. Filippinlik bokschi Fulton—Inoue jangi g'olibiga qarshi ringga chiqmoqchi.