Ijtimoiy tarmoqlarda «MY5» telekanali muxbiri N. Teshayev Toshkent shahridagi Mirzo Ulug'bek tumanida aholi murojaatini o'rganayotgan paytdagi holat yuzasidan ma'lum berildi.
Bugun ochiq sud majlisida M. Ya. (1993 yilda Toshkent viloyatida tug'ilgan) ga oid ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish ko'rib chiqildi.
Jinoyat ishlari bo'yicha Mirzo Ulug'bek tuman sudining 2023 yil 5 iyundagi qaroriga ko'ra M. Ya. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga 5 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi ma'lum qilinadi.