Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo'limi tomonidan DXX va Toshkent shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o'tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda fuqaro A.T. va boshqalar 1902 yilda ishlab chiqarilgan og'irligi 32,22 gram bo'lgan 1 dona “Nikolay-2” oltin tangasini 100 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Madaniy meros agentligining xulosasiga ko'ra, ushbu oltin tanganing bugungi kundagi bahosi 1 mlrd so'mni tashkil etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o'tkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.