Sharl Mishel fikridan qaytdi

0

Evropa Kengashi prezidenti Sharl Mishel “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” sammitidan so'ng YeI Rossiyaga qo'yilgan cheklovlarni chetlab o'tgani uchun mintaqa davlatlariga qarshi ikkilamchi sanksiyalar joriy qilmoqchi emasligini aytdi.

Evropa Ittifoqi vakiliga ko'ra, diplomatik yo'l bilan harakat qilib, Markaziy Osiyo davlatlarini Rossiyani qo'llab-quvvatlamaslikka ko'ndirgan ma'qul.

Sharl Mishel Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 11-paketi tez orada qabul qilinishini qayd etdi. Taxminlarga ko'ra, 11-paket asosan oldingi cheklovlar samaradorligini oshirish uchun ishlab chiqiladi.