Bugun, 5 iyun kuni Jarqo'rg'on tumani “Boymoqli” mahallasi hududida joylashgan “Magnat agroximya ta'minoti” MChJga qarashli g'alla maydonida yong'in sodir bo'lgan. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, yong'in sodir bo'lganligi to'g'risida tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limiga soat 14:55 da xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yong'in-qutqaruv ekipajlari soat 15:05 da yetib borib, yong'in soat 15:15 da qurshab olingan va soat 15:20 da batamom o'chirilgan.
Yong'in qutqaruvchilarining say-harakatlari natijasida g'alla maydonining 0,3 gektarlik qismi saqlab qolingan va olovning qo'shni 30 gektarlik g'alla maydoniga o'tib ketishining oldi olingan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas'ullari va boshqa mutasaddilar yetib borishgan. Yong'in oqibatida tan jarohati olganlar yo'q.
Birlamchi malumotlarga ko'ra yong'in hududdan o'tgan 10 kVt elektr tarmog'ining g'alla maydoniga uzilib tushishi natijasida sodir bo'lgan qisqa tutashuv sabab bo'lgan.
Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.