Xitoyda tog'ning qulashi oqibatida 19 kishi halok bo'ldi

0

Xitoy janubi-g'arbidagi Sichuan provinsiyasining Leshan shahrida yakshanba kuni yuz bergan tog'ning qulashi oqibatida 19 kishi halok bo'ldi, yana besh kishi jarohatlandi.

Xitoy markaziy televideniesining xabar berishicha, qulash yakshanba kuni ertalab Sichuan provinsiyasi Leshan shahridagi davlat o'rmon xo'jaligi korxonasi hududida sodir bo'lgan.

Qidiruv-qutqaruv operatsiyasini o'tkazish uchun voqea joyiga 600 dan ortiq odam yuborilgan. Qidiruv ishlari mahalliy vaqt bilan 20:00 da yakunlandi.

Ayni paytda tog'ning qulashi sabablarini o'rganish ishlari olib borilyapti.