Messining otasi va Laporta o'rtasida qanday gaplar bo'lgan?

0

«PSJ»ning sobiq hujumchisi Lionel Messining otasi va agenti bo'lgan Xorxe Messi «Barselona» prezidenti Joan Laporta bilan uchrashdi.

Jurnalistlar tomonlar o'rtasidagi muzokaralar tafsilotlaridan xabardor bo'lishdi.

Laporta: «Tinchlaning, agar Lionel qaytsa, u jamoadagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchi bo'ladi».

Messining otasi: «Xavotir olmang, o'g'lim «Barselona»da tekinga ham o'ynashga tayyor».

Messi Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hujumchi so'nggi ikki mavsumni “PSJ”da o'tkazdi.