NATO 5 davlat ishtirokida yig'ilish o'tkazdi. Ular orasida O'zbekiston ham bor

0

NATO Jazoir, Ozarbayjon, Iordaniya, Quvayt va O'zbekiston bilan energetika xavfsizligi va undan keyingi muammolarni, shuningdek, mavjud sheriklik doirasidagi harbiy hamkorlikni kuchaytirishdan foyda ko'radigan asosiy yo'nalishlarni muhokama qilish uchun yig'ilish o'tkazdi.

NATO Harbiy qo'mitasi raisining o'rinbosari, general-leytenant Lens Landrum uchrashuv avvalida hamkor davlat harbiy vakillarni qutlab, umumiy muammolarni hal qilish va global xavfsizlik masalalarini muhokama qilish muhimligini ta'kidladi.

”Hamkorlarimiz bilan mustahkam aloqa va hamkorlikni rivojlantirish orqali biz strategik va global muhitni ijobiy shakllantirishimiz, xavfsizligimizni mustahkamlashimiz va tobora raqobatdosh va murakkab dunyoda qadriyatlarimizni qo'llab-quvvatlashimiz, shu bilan birga xalqaro tartibni ta'minlovchi me'yorlarni himoya qilishimiz mumkin”, — dedi Lens Landrum.

NATO vakilining ta'kidlashicha, davlatlar, ayniqsa, muhim infratuzilma va energiya xavfsizligi haqida gap ketganda, o'zlarining mustahkamligini ta'minlashga mas'uldirlar.