1 yoshga to'lmagan qizini 90 mln ga sotmoqchi bo'lgan ona ushlandi

0

Navoiy viloyati DXX, Ichki ishlar hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti viloyat boshqarmalari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o'tkazilgan. Bu haqda O'zA xabar berdi.

Tadbir davomida fuqaro J.Ch. qizi 2023 yilda tug'ilgan B.D.ni boshqa bir fuqaroga 90 mln so'mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.

Hozirda unga nisbatan JKning 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.