Zohid yana operatsiya bo'ldi

0

«Ummon» guruhining sobiq solisti Zohid Risqiyev navbatdagi operatsiyani boshdan kechirdi. Bu haqda uning rafiqasi Kamola Ortiqova o'zining Instagram sahifasida ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, xonanda 23 avgust kuni tibbiy ko'rikdan o'tgan va 25 avgust kuni uning ahvoli ancha yaxshilangani sabab nafas olishga yordam beruvchi trubani olib tashlash amaliyoti o'tkazilgan.

Ta'kidlanishicha, Zohid bu truba bilan 8 oy yurgan. Operatsiyadan so'ng xonandaning ahvoli ancha yaxshi ekanligi aytilmoqda. Ammo hozircha unga 5 kun gapirish mumkin emas.

Eslatib o'tamiz, Zohid Risqiyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan Mega Planet savdo markazi yaqinida BMW mashinasida katta tezlikda boshqaruvni yo'qotib, YTHga uchragan edi. Natijada bir kishi halok bo'lgandi.