Epitsentri Derna shahrida bo'lgan toshqin oqibatida 11 ming kishi halok bo'ldi, 20 ming kishi bedarak yo'qoldi. Bu haqda RBK Al-Hadathga tayanib ma'lum qildi. Liviyadagi Xalqaro Qizil Xoch qo'mitasi fuqarolar va qutqaruvchilarni ehtiyot bo'lishga chaqirdi.
«Derna – urushdan qolgan portlovchi moddalar bilan ifloslangan shahar ekanligi ma'lum», – deyiladi xabarda. «Suv toshqin natijasida o'q-dorilar va mina qoldiqlari avvalgi joyidan shaharga sochilib ketgan bo'lishi mumkin», deya ogohlantirdi tashkilot.
10 sentyabrda «Daniel» to'foni Liviya sharqiga kelib tushdi. Sohil bo'yidagi Beng'ozi, Derna va Jabal al-Axdar shaharlariga zarar yetkazgan. Liviya hukumati sharqdagi Kirenaika provinsiyasidagi uchta tumanni falokat zonasi deb e'lon qildi.
Dovul natijasida Dernani o'rab turgan ikkita to'g'on yorilib, toshib ketdi. Suv Liviya sharqida turar-joy mahallalarini yuvib, qirg'oq bo'ylab uylarni vayron qilgan. Rasmiylar favqulodda holat e'lon qildi. Maktablar va do'konlar yopildi, komendantlik soati joriy etildi. BMT mahalliy va milliy darajada zudlik bilan yordam berishga va'da berdi.