Gangrena – tirik to'qimalarning nekrozga uchrashish, ya'ni chiriy boshlashi bo'lib, turli sabablarga ko'ra yuzaga keladi. Uning oldini olish uchun asosan quyidagilarga e'tibor berish kerak:
Qondagi qand miqdorini nazorat qilish;
yuqori haroratdan qochish tavsiya etiladi;
agar tanada yara paydo bo'lsa, har qanday infeksiyaning oldini olish uchun uni ehtiyotkorlik bilan davolash kerak;
ichki organlar bilan bog'liq kasalliklarni o'z vaqtida davolash zarur.