Qayd etilishicha, 2000 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan Hasanov Sherzod hozirda Islom davlati xalqaro terrorchilik tashkiloti a'zosi. 15 yoshli bola 2015 yilning yoz oyida onasi va 2 nafar singillari bilan aylanma yo'llar orqali ya'ni Qozog'iston, Rossiya va Ukrainadan o'tib Misrga yo'l olgan. 2015 yilning sentyabr oyida Misrdan Turkiyaga o'tgan. Ushbu davlat orqali esa Suriyaga borgan. Yigit jangavor harakatlarda qatnashish maqsadida Islom davlatida xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga borib qo'shiladi. Huquq tartibot idoralari tomonidan Hasanov Sherzodga nisbatan Jinoyat Kodeksining 244-2-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan va qidiruv e'lon qilingan

0

Toshkent shahar IIBB 15 yoshida onasi bilan xorijga chiqib ketib, terrorchilar safiga borib qo'shilgan yigit qidiruvga berilganini ma'lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 2000 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan Hasanov Sherzod hozirda Islom davlati xalqaro terrorchilik tashkiloti a'zosi.

 

15 yoshli bola 2015 yilning yoz oyida onasi va 2 nafar singillari bilan aylanma yo'llar orqali ya'ni Qozog'iston, Rossiya va Ukrainadan o'tib Misrga yo'l olgan. 2015 yilning sentyabr oyida Misrdan Turkiyaga o'tgan. Ushbu davlat orqali esa Suriyaga borgan. Yigit jangavor harakatlarda qatnashish maqsadida Islom davlatida xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga borib qo'shiladi.

 

Huquq tartibot idoralari tomonidan Hasanov Sherzodga nisbatan Jinoyat Kodeksining 244-2-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan va qidiruv e'lon qilingan.