Yaponiyada 100 yoshdan oshganlar soni ilk bor 92 mingdan oshdi, deya xabar bermoqda «TASS»ga tayanib Zamon.uz.
Hozirda ushbu mamlakatda 100 yoshdan oshgan 92 139 nafar fuqaro istiqomat qiladi. 50 yildan buyon yuz bilan yuzlashganlar soni ortib bormoqda.
Ma'lumotlariga ko'ra, 2023 yilda 47 107 kishi o'zining 100 yoshini nishonladi. Hukumat ularga tabrik maktublari va esdalik sovg'alarini yubordi.
Yaponiyada 1963 yilda qariyalarni ijtimoiy ta'minlash to'g'risidagi qonun qabul qilingandan so'ng yuz yoshlilar soni ortib bormoqda. O'shanda mamlakatda 100 yoshdan oshgan 153 nafar inson bor edi. 1981 yilda ularning soni mingdan oshdi.