Erdo'g'on: Ayrim kuchlar Turkiya-Amerika munosabatlarini chigallashtirishdan manfaatdor

0

 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'on Turkiya va AQSh o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar istiqbollarini yuqori baholar ekan, shunday dedi: “Davlatlar o'rtasidagi qarashlardagi tafovut oddiy hodisa, biroq biz AQSh bilan umumiy tilga egamiz va munosabatlarni rivojlantirish uchun mamlakatlar o'rtasida ko'plab imkoniyatlar mavjud”.

Turkiya prezidenti, shuningdek, Ukrainadagi tinchlik jarayonida yutqazuvchi tomonlar bo'lmasligini ta'kidlar ekan, Anqaraning mintaqaviy va global inqirozlarni hal qilishda vositachilik roli kuchayib borayotganini ta'kidladi.

Avvalroq Turkiya rahbari Anqara Moskva va Kiyev o'rtasidagi muzokaralarni Istanbul formatida qayta boshlash tarafdori ekanini bir necha bor ta'kidlagan edi.

🔺Ayni paytda Ukraina prezidenti Zelenskiy mamlakatining Rossiya bilan harbiy mojarosi hududlarni o'tkazish bilan yakunlanmasligini aytdi.