Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, shu kunga kelib Derna shahrida ro'y bergan suv toshqinlarida halok bo'lgan 4 mingga yaqin insonning jasadi tanib olingan.
Suv toshqiniga kuchli dovul va yomg'ir tufayli ikkita suv omborining to'g'oni yorilib ketishi sabab bo'lgan.
Dernada 10 mingdan ziyod bedarak yo'qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda. Qutqaruvchilar va yo'qolgan insonlarning qarindoshlari ularni vayronalar va balandligi ayrim joylarda bir necha metrga yetuvchi loy qatlamlari ostidan tirik topishga umidini yo'qotmagan, — deb xabar beradi Euronews.