Eron bilan mahbuslar almashinuvi doirasida qo'yib yuborilgan amerikaliklarni olib ketayotgan Qatar samolyoti mamlakatdan havoga ko'tarildi.
Bu haqda “France Presse” xabar berdi.
“Qo'lga olingan amerikaliklar bo'lgan Qatar samolyoti Erondan havoga ko'tarilgan”, — deyiladi agentlik xabarida.
Eron gumanitar maqsadlarda foydalanish uchun muzlatilgan 6 milliard dollarlik aktivlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Eron rasmiylari Eronning Janubiy Koreyadagi moliyaviy resurslari mamlakatning Qatardagi bank hisobiga o'tkazilishini qayd etdi.
“Reuters” agentligining xabar berishicha, Eronning avval muzlatilgan aktivlari Tehron va Vashington o'rtasidagi mahbuslar almashinuvi bo'yicha kelishuv doirasida Qatar bank hisoblariga o'tkazilgan.