Alibaba Turkiyaga 2 milliard dollar sarmoya kiritadi

0

Xitoyning chakana savdo va internet giganti Alibaba Turkiyaga 2 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi. Turkiya matbuotiga ko'ra, bu haqda Alibaba prezidenti Maykl Evans Erdo'g'on bilan uchrashuvda aytib o'tgan.

Alibaba guruhi rahbari Maykl Evans o'tgan hafta Istanbulda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'on bilan uchrashdi, deyiladi Alibaba aksiyadori bo'lgan Trendyol kompaniyasi bayonotida. Evans, Trendyol orqali Turkiyaga 1,4 milliard dollar sarmoya kiritganliklarini va Trendyolning xalqaro rivojlanish strategiyasini qo'llab-quvvatlaganliklarini bildirdi.

U, shuningdek, Erdo'g'anga Turkiyaga rejalashtirilgan sarmoyalar, jumladan Anqaradagi ma'lumotlar va logistika markazlari va Istanbul aeroportidagi eksport operatsiyalari markazi kabi yangi loyihalar haqida ma'lumot berdi.

Evans, Turkiyaning dunyoning yetakchi elektron tijorat davlati bo'lish salohiyatiga ega ekanligini ta'kidladi. U shuningdek, bayonotda sarmoya kiritishning aniq sanasi ko'rsatilmagan bo'lsa-da, “yaqin kelajakda” mamlakatga 2 milliard dollar sarmoya kiritish rejalari borligini ta'kidladi.

Eslatib o'tamiz, 2010-yilda tashkil etilgan Trendyol Turkiyadagi yetakchi elektron tijorat platformasi hisoblanadi. Bundan tashqari, kompaniya oziq-ovqat va tayyor ovqatlarni tez yetkazib berish xizmatiga ega.

Alibaba 2018 yilda Trendyol aksiyalarini sotib oldi.

 

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here