Belarus hududida urush bo'lmaydi, bu mumkin emas. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma'lum qilgan.
“Prezident va Oliy Bosh qo'mondon sifatida bugun belaruslarga murojaat qilib, sizni ishontirib aytmoqchiman: biz jang qilmoqchi emasmiz va jang qilmaymiz. Belarus hududida zamonaviy sharoitlarda urush bo'lmaydi. Chunki bu mumkin emas”, dedi davlat rahbari.
Shu bilan birga, u, agar kerak bo'lsa, «biz o'z yurtimizni so'nggi askar va belarus odamigacha himoya qilamiz», deb ta'kidladi.
Siyosatchi yana bir bor Belarus hech kimga tahdid qilmasligiga ishontirdi.
“Biz hech qachon hech kimga tahdid qilmaymiz, bu bizning siyosatimiz emas. Va ob'yektiv ravishda hech kimga tahdid qila olmaymiz. Lekin biz kuchli yoki kuchsiz bo'lsak ham o'zimizni himoya qilishga majburmiz. Bu bizning tarixiy rolimiz”, dedi u.