AQShning federal qarzi kritik chegaradan o'tib ketdi va 33 trillion dollardan oshdi.
AQSh Moliya vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatning kreditorlar oldidagi qarzi miqdorini o'lchaydigan davlat qarzi 33,04 trillion dollarga yetgan. Taqqoslash uchun, 40 yil avval bu ko'rsatkich 907 milliard dollar atrofida edi.
«Qo'shma Shtatlar hech kim faxrlanmaydigan yangi bosqichga erishdi: bizning yalpi milliy qarzimiz 33 trillion dollardan oshdi. Biz bu katta raqamlardan hayratda qoldik”, — dedi Mas'uliyatli federal byudjet qo'mitasi prezidenti Mayya MakGineas.
Muammo shundaki, so'nggi bir yarim yil ichida foiz stavkalarining o'sishi davlat qarziga xizmat ko'rsatish xarajatlarini qimmatlashtirgan. Ya'ni, stavkalar oshishi bilan federal hukumatning qarzlari bo'yicha qarz olish xarajatlari ham oshadi. Davlat qarzi bo'yicha foiz to'lovlari kelgusi o'ttiz yil ichida federal byudjetning eng tez o'sadigan qismi bo'lishi kutilmoqda. To'lovlar 2022 moliya yilidagi 457 milliard dollardan 2032 yilda 1,4 trillion dollargacha uch baravar ko'payishi mumkin va 2053 yilga kelib ular 5,4 trillion dollargacha o'sishi taxmin qilinmoqda.