Sanepidqo'mita: O'zbekistonda koronavirusning “pirola” shtammi qayd etilmagan

0

Shu kunlarda dunyoning qator davlatlarida koronavirusning “pirola” yangi shtammi keng tarqalmoqda. U “omikron”dan ham yuqumliroq bo'lishi mumkin

O'zbekiston Sanitariya-epidemiologiya qo'mitasining ma'lum qilishicha, hozirgacha mamlakatda va qo'shni davlatlarda koronavirusning ushbu shtammi bilan kasallanganlar qayd etilmagan.

Sanepidqo'mitaning Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida virus genomini o'rganish bo'yicha o'tkazilgan so'ngi tahlillar natijasiga ko'ra mamlakatimizda kasallanganlarning 100 foizida «omikron» shtammining turli variantlari ekanligi aniqlangan.