“Cintana” kompaniyasi asoschisi va raisi Duglas Bekker Arizona davlat universiteti bilan hamkorlikda O'zbekistonda Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish ustida ish olib bormoqda.
2024 yildan boshlab sog'liqni saqlash, injiniring, arxitektura va dizayn kabi yo'nalishlarda malakali kadrlar tayyorlashni boshlash ko'zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev ushbu rejalarni ma'qullab, O'zbekiston ta'lim sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishga tayyorligini bildirdi.