Gruziya parlamentida deputatlar o'rtasida «ishkal» chiqdi

0

Gruziya parlamentida parlamentdagi ko'pchilik deputatlar va muxolifat o'rtasida janjal bo'ldi. Milliy bank sobiq bosh prokuror Otar Partsxaladzega qarshi sanksiyalarga qo'shilmagani uchun xalq vakillari bir-birini aybladi.

Sputnik-Gruziya xabariga ko'ra, muxolifatdagi deputat, “Agmashenebeli strategiyasi” partiyasi yetakchisi Giorgiy Vashadze va hukmron “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” partiyasi vakili Irakli Zarkua o'rtasida mushtlashgan.

Parlamentdagi ko'pchilik deputatlar muxolifat a'zolarini Amerika agentlari deb aybladilar. Ular, o'z navbatida, «Gruziya orzusi» deputatlarini Rossiya agentlari deb atashgan.

Janjal Vashadze konferensiya zalidan chiqilganidan so'ng sodir bo'lgan, u yerda muxolifat Gruziya madaniyat va sport vaziri Tea Sulukianining nutqini to'xtatmoqchi bo'lgan. Vashadze zalga qaytmoqchi bo'ldi, biroq xavfsizlik xodimlari unga to'sqinlik qildi, shundan so'ng muxolifatning bir qismi hukmron partiya rahbari Irakliy Kobaxidze bilan suhbatga to'sqinlik qilishga urindi.