Ichimlik suvi narxlari qimmatlaydimi?

0

Ijtimoiy tarmoqlarda O'zbekistonda ertadan ichimlik va oqova suv narxlari 2 barobar qimmatlashi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jumladan, ichimlik suvi narxlari (1 metr kub) aholi uchun 750 so'mdan 1500 so'mgacha ko'tarilishi aytilgan. Mazkur holat bo'yicha «O'zsuvta'minot AJ» rasmiy munosabat bildirdi.

 

Unda aytilishicha, ushbu xabarlar asossiz hisoblanib, ichimlik va oqova suv narxlari hozircha faqat Andijon viloyatida oshirilishi belgilangan va bu qaror e'lon qilingan kundan boshlab 15 kun o'tgach kuchga kiradi.