«Noqonuniy arman qurolli guruhlari barcha qurollarini topshirishlari, noqonuniy tuzum faoliyatini esa batamom tugatishlari kerak«, — deb ta'kidladi Ozarbayjon Prezidenti ma'muriyati vakili.
Aks holda Ozarbayjon «aksilterror choralarini oxirigacha olib borishga» va'da berdi.
Ilxom Aliyevning aytishicha, Ozarbayjonning Yevlax shahrida Tog'li Qorabog'ning arman aholisi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tishi mumkin.
Biroz avval tan olinmagan Tog'li Qorabog' rahbariyati Ozarbayjonni o't ochishni to'xtatib, muzokaralarni boshlashga chaqirgandi.