Shavkat Mirziyoyevning AQShdagi bugungi rejalari e'lon qilindi

0

Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi davom etmoqda. Bugun, 19 sentyabr kuni davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh Prezidentlari sammitida ishtirok etadi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so'zlaydi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol, Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan va boshqa uchrashuvlar rejalashtirilgan.