Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Tehronda bo'lib o'tgan Eron Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi aerokosmik kuchlari ko'rgazmasiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Rossiya mudofaa vazirligi o'zining telegram-kanalida.
Ko'rgazmada Eron harbiy-sanoat majmuasi mahsulotlari, jumladan, dronlar, havo hujumidan mudofaa tizimlari va Eronda ishlab chiqarilgan raketalar namoyish etilmoqda. Xususan, tadbirda taktik raketa tizimlari va uzoq va o'rta masofaga uchuvchi ballistik raketalar namoyish etilmoqda.
Shoygu bir kun avval Tehronga Eron harbiy qo'mondonligi bilan muzokaralar o'tkazish uchun kelgan. Rossiya Mudofaa vazirligining ta'kidlashicha, tashrif “Rossiya-Eron harbiy aloqalarini mustahkamlashga hissa qo'shish”dir. Tasnim agentligi xabariga ko'ra, Shoygu respublika harbiy rahbariyati bilan mintaqadagi voqealar va mudofaa sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilish niyatida.
20 sentyabr kuni ertalab Shoygu eronlik hamkasbi Muhammad Rizo Ashtianiy bilan uchrashdi. Uchrashuvda mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko'tarilayotgani ta'kidlandi.