Putin Aliyev bilan qo'ng'iroqlashdi

0

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti chog'ida 20-sentyabr kuni Qorabog'da Rossiya tinchlikparvar qo'shinlarining halok bo'lgani munosabati bilan uzr so'radi va chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Ozarbayjon tomonining tashabbusi bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev o'rtasida telefon orqali muloqot bo'lib o'tdi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, suhbat chog'ida “Aliyev 20-sentyabr kuni Qorabog'da Rossiya tinchlikparvar kontingenti harbiy xizmatchilarining fojiali halok bo'lgani munosabati bilan uzr so'radi va chuqur hamdardlik bildirdi”, — deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan “ikki mamlakat bosh prokuraturasi yaqin aloqada”.

“Ozarbayjon prezidenti halok bo'lganlarning oilalariga moddiy yordam ko'rsatishga tayyorligini bildirdi”, — deyiladi Rossiya davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.