Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Bir makon – bir yo'l” forumida ishtirok etish uchun oktyabr oyida Xitoyga tashrif buyurmoqchi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma'lum qildi.
Konstantinovskiy saroyida Putin Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo'mitasi Siyosiy byurosi a'zosi, KPK Markaziy qo'mitasi tashqi ishlar komissiyasi devonining rahbari, Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi.
“Xitoy Xalq Respublikasi rahbarining joriy yilning oktyabr oyida Xitoyga tashrif buyurish taklifini qabul qilganimdan mamnunman. Biz yirik Evroosiyo makonini yaratish bo'yicha o'z g'oyalarimiz va xitoylik do'stlar g'oyalarini “Bir makon – bir yo'l” dasturi doirasida birlashtiramiz”, — dedi Putin.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Xitoy Ukrainada zudlik bilan o't ochishni to'xtatish, Ukraina va Rossiya Federatsiyasi o'rtasida tinchlik muzokaralarini o'tkazishga chaqirgandi.