Qorabog' mojarosi 200 kishining yostig'ini bevaqi quritdi

0

Qorabog'dagi janglar natijasida kamida 200 kishi halok bo'lgan. Bu haqda Qorabog' Ombudsmani Gegam Stepanyan ma'lum qildi.

“20 sentyabr kuni soat 21:30 holatiga ko'ra, huquq himoyachisi idorasi ma'lumotlariga ko'ra, kamida 200 kishi halok bo'lgan va 400 dan ortiq yaralangan”, — deb yozgan Stepanyan.

Uning so'zlariga ko'ra, tinch aholi orasida yaralanganlar soni 40 kishidan oshgan, ulardan 13 nafari bolalardir. Halok bo'lganlar orasida 10 nafar tinch aholi vakillari, ularning yarmi bolalar edi.

19 sentyabr kuni Ozarbayjon «mahalliy xarakterdagi aksilterror choralari»ni e'lon qildi. Oradan bir kun o'tib tomonlar armiyani tarqatib yuborish sharti bilan o't ochishni to'xtatishga kelishib oldilar. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning so'zlariga ko'ra, arman tomoni kelishuv muhokamasida ishtirok etmagan. Pashinyan Ozarbayjonning maqsadi Yerevanni jangovar harakatlarga tortish ekanligini aytdi. Armaniston hukumati DQRga hech qanday yordam ko'rsatmadi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev fuqarolarga murojaatida Qorabog'dagi «operatsiya»ning barcha topshiriqlari 24 soat ichida bajarilganini va mamlakat suverenitetini tiklaganini ta'kidladi.