Turkiyaning Bolgariya bilan chegarada joylashgan Edirne viloyatining Vaysal qishlog'i yaqinidagi o'rmonda yong'in sodir bo'ldi.
“Hürriyət” nashri dastlab yong'inga Bolgariyaga noqonuniy o'tishni istaganlar to'xtagan lager sabab bo'lgan bo'lishi mumkin, deb xabar bermoqda.
Hududga o't o'chiruvchilar jalb qilingan.
Ayni paytda yong'inni o'chirish ishlari olib borilmoqda.