UFC 295. Jon Jons Stipe Miochichga, Irji Proxazka Aleks Perreyraga qarshi jang qiladi

0

Joriy yilning 12 noyabr sanasida UFC 295 turniri tashkil etiladi.

 

Kechaning asosiy to'qnashuvi og'ir vazn toifasi chempioni Jon Jons (27-1) va Stipe Miochich (20-4) o'rtasida bo'lib o'tadi.

Shuningdek, ikkinchi markaziy jang yarim og'ir vazn toifasida vakant qolgan kamar uchun Irji Proxazka (29-3-1) va Aleks Perreyra (8-2) o'rtasida kechadi.

Proxazka so'nggi jangida Glover Teysherani (33-9) mag'lub etgan bo'lsa, Perreyra Yan Blahovichdan (29-10-1) ustun kelgandi.