Hindiston Kanada fuqarolari uchun vizani to'xtatdi

0

 

Hindiston Kanada fuqarolariga vizalar berishni noma'lum muddatga to'xtatdi. Bunday qarorga kelishga Kanadada sikx separatistik tashkiloti “Xalistonni ozod etish kuchlari” (KLF) yetakchisi Hardip Singx Nidjar o'ldirilganidan keyin ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar yomonlashgani sabab bo'lgan, deb xabar bermoqda Anadolu agentligi.

Kanadaning viza markazlarini boshqaruvchi BLS International Services kompaniyasi saytida vizani to'xtatish to'g'risidagi qaror haqida yozilgan. Xabarnomaga ko'ra, vizalar berish 2023 yil 21 sentyabrdan boshlab “keyingi buyruqlar kelguniga qadar” to'xtatiladi.

Hindiston rasmiylari vakili mahalliy OAVga bergan intervyusida bu ma'lumotni tasdiqladi. Biroq Nyu-Dehli bu harakatga izoh bermadi.