Rossiya hukumati ichki bozorda yoqilg'i narxini barqarorlashtirish maqsadida avtomobil benzini va dizel yoqilg'isi eksportiga vaqtinchalik cheklovlar kiritdi.
Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, tegishli qarorni bosh vazir Mixail Mishustin imzolagan.
«Vaqtinchalik cheklovlar yoqilg'i bozorini to'ldirishga yordam beradi, bu esa o'z navbatida iste'molchilar uchun narxlarni pasaytiradi. Ilgari yoqilg'i bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun hukumat birjaga avtobenzin va dizel yoqilg'isi yetkazib berish standartlarini oshirdi. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari ehtiyojlari uchun yoqilg'i xarid qilish hajmini tezkorlik bilan tartibga solish orqali monitoring ham tashkil etildi”, – deyiladi xabarda.