Toshkent metrosida Face ID orqali to'lov qilish sinovdan o'tkazilmoqda

0

Toshkent metropolitenida Face ID texnologiyasi orqali to'lovni amalga oshirish sinovdan o'tkazilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Bu yo'lovchilarga kontaktsiz to'lov qilish imkonini beradi. To'lov qilish uchun shunchaki turniketdagi kameraga qarashning o'zi kifoya.

Loyiha ATTO, “Aloqabank”, Visionlabs kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.