Toshkentda qidiruvda bo'lganlar kuzatuv kameralari orqali qo'lga olindi

0

Milliy gvardiya xodimlari jinoyat sodir etgani uchun qidiruvga berilgan besh nafar shaxsni kuzatuv kameralari orqali aniqladi va qo'lga oldi.

Yakkasaroy tumanidagi mehmonxonalardan birida qo'riqlash bo'limi xodimlari Toshkent shahar IIB xodimlari bilan hamkorlikda 43 yoshli M.A. ni qo'lga oldi. U Jinoyat kodeksining 167-moddasi, ya'ni o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilishda gumon qilinib, qidiruvga berilgan.

Yashnobod tumanidagi masjidda firibgarlikda gumon qilinib, qidiruvda bo'lgan 49 yoshli K.M., Buxoro dehqon bozorida ham qidiruvda bo'lgan 43 yoshli fuqaro X.O. qo'lga olingan.

Olmazor tumanidagi “Korzinka” supermarketi yonida qo'riqlash xizmati xodimlari tomonidan firibgarlik sodir etgani uchun qidiruvda bo'lgan T.S. ham qo'lga olingan.

Yunusobod tumanida tezkor guruh xodimlari tomonidan joriy yilning avgust oyidan buyon huquq – tartibot idoralaridan yashirinib kelayotgan 21 yoshli fuqaro K.G'. qo'lga olindi.