Toshkentga uchayotgan rossiyalik mast erkak samolyot ichidagi qizni haqoratladi

0

Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchayotgan va mast holda samolyot yo'lovchilariga xalal berib, ulardan birini haqorat qilgan shaxs Toshkent aeroportida qo'lga olindi va jarimaga tortildi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» IIV Transport va turizm ob'yektlarida xavfsizlikni ta'minlash departamentiga tayanib.

Erkak mast holda jamoat tartibini buzgan: behayo so'zlarni ishlatgan, qo'shiqlar kuylagan va xuddi shu reysda uchayotgan qizni haqoratlagan», — deyiladi xabarda.

19 sentyabr kuni Sergeli tuman sudi tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish ko'rib chiqilib, unga nisbatan BHMning 3 baravari — 990 ming so'm miqdorida jarima belgilandi.