Uy va ulush majarosi sudgacha bordi

0

Xalqimiz azal-azaldan qarindoshlar o'rtasidagi mehr-oqibat, ahil-inoqlik va tinchlik-totuvlik kabi oliyjanob fazilatlarni ulug'lab kelgan. Bunday yuksak insoniy tuyg'ular qon-qarindoshlik rishtalarini yanada mustahkamlab, jamiyatda mo''tadil muhitni yaratadi

Biroq, hayotda mulk, uy-joy talashib, yetti yot begonaga aylanayotgan og'a-inilar, opa-singillar, qo'ni-qo'shnilar ham uchrab turadiki, bu holatlar har bir kishini beixtiyor o'ylantirib qo'yadi.

FIB Shayxontohur tumanlararo sudining 2023 yil 10 may kunidagi ijro varakaga asosan davogar Z.V.ni nizoli Olmazor tumanidagi 34-uyning A/3.D/1 liter ostidagi yashash xonalariga kiritish va yerto'la, ochiq ayvon, oshxona xammom, xojatxona va soyabon umumiy foydalanish tartibi belgilangan bo'lib, mazkur ijro hujjatiga ko'ra Byuroning Olmazor tuman bo'limi davlat ijrochisi O.Ergashev tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida 21.09.2023 yilda sudning ijro varaqasida ko'rsatilgan talabalar bajarilib, ijro hujjati amalda tamomlandi.