Timur Kapadze shogirdlari Osiyo o'yinlari guruh bosqichidagi dastlabki turni g'alaba bilan boshladi.
Bugun, 22 sentyabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida bo'lib o'tayotgan Osiyo o'yinlari doirasida futbol bo'yicha O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi «S» guruhida Gonkong U-23 terma jamoasini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuvda kiritilgan yagona golga Ulug'bek Hoshimov mualliflik qildi.