Andijonda haydovchilar mashinaning davlat raqamini yechib olib, guruh-guruh bo'lib harakatlandi

0

Joriy yilning 19 sentyabr kuni Asaka tumanida bir guruh fuqarolar qonunga xilof ravishda guruh bo'lib harakatlangan. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Ma'lum bo'lishicha, o'zboshimchalik bilan davlat raqamini yechib olib boshqa yo'l harakati qatnashchilariga halaqit qilgan. Mazkur holat Andijon viloyati IIB Jamoat xavfsizlik xizmati YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan. Surishtiruv jarayonida qoidabuzar haydovchilar aniqlanib, ularga belgilangan tartibda choralar ko'rildi.

Shuningdek, transport vositalari vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.