Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari 26-29 sentyabr kunlari 2 smenada o'tkaziladi

0

2023/2024 o'quv yili uchun professional ta'lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2023 yil 26–29 sentyabr kunlari 2 smenada o'tkaziladi. Bunda test sinovlari:

 

1️-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;

2️-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo'lib o'tadi.

 

Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo'lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O'zbekiston tarixi) dan o'tkaziladi.

 

Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig'i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

 

Test sinovlarida to'plash mumkin bo'lgan maksimal ball – 189 ball bo'lib, har bir to'g'ri javob uchun:

 

– 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);

– 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);

– majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

 

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

 

Talabgorlardan test sinovi o'tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so'raladi, deyiladi xabarda.